So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rafinya Neymarning «Barselona»dagi eng samarali mavsumi natijasini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

“Barselona”ning braziliyalik vingeri Rafinya 2024/2025 yilgi mavsumda klub safida 59 ta samarali harakatni amalga oshirdi. Shu tariqa, 28 yoshli futbolchi o'z hamyurti Neymarning "ko'k-anorranglilar" tarkibidagi eng samarali mavsumining natijalaridan ham yaxshiroq natija qayd etdi.
Neymar 2015/2016 yilgi mavsumda “Barselona” safida 53 ta samarali harakat (gol va golli uzatma) qayd etgan va bu natija unga kataloniyaliklar safidagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'lgan edi. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Rafinya barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urgan va 13 ta golli uzatma amalga oshirgan edi.
2024/2025 yilgi mavsumda esa Rafinya 54 ta o'yin o'tkazib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli pas berdi.