So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston kubogi. "Andijon" "Dinamo" bilan durang o'ynadi, "Lochin" safarda "Surxon"ni mag'lub etib, guruhdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

O'zbekiston kubogida bugun B guruhida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Andijon" o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. Mezbonlardan Doniyor Abdumannopov 9-daqiqada penaltidan gol urgan bo'lsa, samarqadliklar 45+2-daqiqada Akbar Abdurasulovning goli bilan javob qaytardi. O'yin oxirigacha hisob o'zgarmadi - 1:1.
Guruhning yana bir o'yinida katta sensatsiya qayd etildi. Qarshi davlat universitetining "Lochin" klubi Termizda "Surxon"ni mag'lub etdi - 3:1.
Termizliklar tarkibida Jahongir Abdusalomov 10-daqiqada hisobni ochgandi. Qarshiliklar bunga 3 bor javob berdi: Zafar Polvonov 32 va 36-daqiqalarda, Asliddin Tursunpo'latov esa 90+6-daqiqada gol urdi.
3 turdan so'ng guruhda "Dinamo" 7 ochko bilan 1-o'rinni egalladi. "Lochin" kutilmaganda 6 ochko bilan ikkinchi pog'onaga joylashdi. "Surxon" (3 ochko) va "Andijon" (1 ochko) guruhda qolib ketdi.