So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Patrik Vieyra mavsum yakunida iste'foga chiqarilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Italiyaning "Jenoa" klubi bosh murabbiyi Patrik Vieyra mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Mutaxassisning o'zi kelajagi borasida sukut saqlab, faqat joriy o'yinlar haqida gapirishni ma'qul ko'rayotgan bo'lsa, klubga yaqin manbalarning fikricha, murabbiy o'zgarishi hech gap emas.
"Jenoa"dagilar frantsuz ularga jadvalning o'rtasida ozmi-ko'pmi qulay o'rin taqdim etganidan mamnun, ammo endi ko'proq narsa qilish vaqti keldi, deb hisoblashadi. Klub rahbariyati portugaliyalik Paulo Souzaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Hozirda Paulo Souza BAAning "Shabab Al Ahli" jamoasini boshqarmoqda. U Italiya futboli bilan yaxshi tanish, chunki o'tmishda "Fiorentina" va "Salernitana" klublarini boshqargan.