So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Karlo Anchelotti: «26-maydan boshlab Braziliya terma jamoasini qabul qilaman — bu katta sinov»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangani haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassis joriy mavsum yakunlangandan so'ng madridliklar klubini tark etadi.
«26-maydan boshlab men Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'laman. Bu men uchun katta sinov, ammo hozircha men hali ham “Real” murabbiyiman. Men bu buyuk safarimning ushbu qismini yaxshi tarzda yakunlashni istayman.
Nega mening ketishim rasmiylashdi? Chunki Braziliya futbol konfederatsiyasi bu haqda rasmiy bayonot berdi. 26-maydan boshlab men ushbu terma jamoa murabbiyi bo'laman.
“Real” rasmiy bayonotni xohlagan vaqtda e'lon qiladi. Bu erda hech qanday muammo yo'q. Ular qachon e'lon qilishlarini bilmayman, lekin ular o'zlari munosib deb hisoblagan vaqtda buni amalga oshirishadi. Mening bu borada qo'shimcha qilarli gapim yo'q», — deb Anchelottining so'zlarini keltiradi Madrid Universal.