So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Dinamo»ning aprel oyidagi eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4

«Dinamo» PFK matbuot xizmati aprel oyi yakunlariga ko'ra, jamoamizning eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida telegramdagi rasmiy kanalda muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazgandi.
10 kun davom etgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, Ratino «Dinamo»ning aprel oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Braziliyalik yarimhimoyachi «So'g'diyona» bilan bahsda (1:1) supergol urib, bu zarba Superligada aprel oyining eng chiroyli goli deb topildi. O'tgan oydagi qolgan g'alabali o'yinlarda ham u faolligi bilan ajralib turdi. Natijada, Jurani Frantsisko Ferreyra «Dinamo» matbuot xizmati so'rovnomasida eng ko'p – 53 foiz (1435ta ovoz) bilan aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Shuningdek, o'tgan oyning eng yaxshi o'yinchisi Anvarjon Hojimirzaev, Marko Stanoevich, Ravshanbek Yagudin, Firdavs Abdurahmonov va Ulug'bek Abdullaev ham so'rovnomada keyingi o'rinlarni egallagan.