So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari" musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko'riladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5

Bugun Sport vazirligida "Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari" musobaqalarini tashkil etish va o'tkazishga puxta tayyorgarlik ko'rish bo'yicha Respublika shtabining videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda musobaqalarni joylarda tashkil etish bilan bog'liq tayyorgarlik holati, elektron platformadan ro'yxatdan o'tish, tanlangan sport bazalari ahvoli va musobaqalarga oid boshqa masalalar ko'rib chiqildi.
Yig'ilish davomida musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish, joylardagi sport tashkilotlari rahbarlarining mas'uliyatini oshirish, bu boradagi vazifalarni mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda olib borish, sport klublarini jalb qilish kabi bir qator muhim vazifalar belgilab berildi.
Yig'ilish yakunida "Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari" musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish yuzasidan mas'ullarning hisoboti tinglandi.