So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Chempionlar ligasi yoki Evropa ligasi: UEFA «Chelsi»ga tanlov imkoniyatini berishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

«Chelsi» kelasi mavsumda Evropaning qaysi musobaqasida ishtirok etishni tanlash huquqini qo'lga kiritishi mumkin, deb xabar bermoqda ESPN.
Agar londonliklar Angliya Premer-ligasida Chempionlar Ligasi yo'llanmasini beradigan o'rinni egallab, shu bilan birga Konferentsiyalar Ligasi finalida «Betis»ni mag'lub etsa, UEFA klubga tanlash huquqini beradi. Chunki Konferentsiyalar Ligasidagi g'alaba jamoaga kelasi mavsum Evropa Ligasida ishtirok etish kafolatini beradi. Bunday holatda, «Chelsi» kelasi mavsumda Chempionlar Ligasi yoki Evropa Ligasi o'rtasida tanlov qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Qayd etilishicha, bu qoida avvalroq reytingda past o'rinlarda turgan chempionatlar jamoalari uchun joriy etilgan. Ular Konferentsiyalar Ligasida g'alaba qozonib, mahalliy chempionatda ham g'olib chiqishlari mumkin. Agar bunday klub Chempionlar Ligasi saralashidan o'tish qiyin deb hisoblasa, Konferentsiyalar Ligasidagi g'alaba orqali Evropa Ligasiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olishi mumkin.
Chempionlar Ligasiga chiqish uchun «Chelsi» Premer-ligada birinchi beshlikka kirishi lozim. Chempionat nihoyasiga ikki tur qolgan paytda, «ko'klar» beshinchi o'rinda borishmoqda va bu borada «Aston Villa»ni qo'shimcha ko'rsatkichlar hisobidan ortda qoldirishmoqda.