So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7

Bugun Farg'ona viloyatining Bag'dod tumanidagi sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridan 342 nafar eng sara polvonlar ishtirok etayotgan mazkur chempionatning dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Ochilish marosimida Bag'dod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi hamda Farg'ona viloyati sport boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi.
Reglamentga muvofiq, musobaqada erkaklar belbog'li kurashning erkin va belbog'li kurash yo'nalishida 9 ta vazn toifasida kuch sinashishsa, ayollar erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida bellashishadi.
Musobaqa 15 mayga qadar davom etadi.