UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Bavariya" himoya etakchisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqinlashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

"Bavariya" rahbariyati jamoa markaziy himoyachisi Dayo Upamekano bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida hozircha maosh va imzolash bonusi bo'yicha kelishuv yo'q, ammo "Bavariya" frantsuzni saqlab qolishni juda xohlamoqda va unga 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, hozirda Upamekano tomoni kelishuv xavf ostida emas deb hisoblaydi, shuning uchun muzokaralar o'z yo'lida davom etmoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!