So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
UEFA Marchinyakni finallarga tayinlamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

Yaqindagina EChL yarim finalidan o'rin olgan "Inter" - "Barselona" javob uchrashuvini (4:3) boshqargan Shimon Marchinyak joriy mavsumda UEFA evrokuboklari finallaridan birida ishlamaydi.
Sport nashri xabariga ko'ra, garchi polyak Chempionlar Ligasi finalini boshqarish uchun asosiy nomzod hakamlardan bo'lgan bo'lsa-da, u UEFA tomonidan jazolandi va endi bu muhim o'yinlarni boshqarolmaydi.
U hattoki Chempionlar Ligasi, balki Evropa Ligasi yoki Konferentsiya Ligasi finali uchun ham hakam sifatida tanlanmadi.
Bu qarorning sababi, uning "Inter" va "Barcelona" o'rtasidagi yarim final javob o'yinidagi bahsli qarorlariga borib taqaladi. Uchrashuvdagi bir nechta qarorlari katta e'tiroz va muhokamalarga sabab bo'lgan. Shu sababli UEFA uni final o'yinlariga tayinlamaslikka qaror qilgan.