So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Al-Hilol" Fernandeshga ultimatum qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi Brunu Fernandeshga ultimatum qo'yib, "Manchester Yunayted" sardoridan bir hafta ichida javob qaytarishni talab qildi.
TalkSPORT xabariga ko'ra, "Al-Hilol" seshanba kuni 30 yoshli Fernandesh vakillari bilan yana bir uchrashuv o'tkazadi.
"Al-Hilol" Fernandeshga portugaliyalik yarim himoyachi Saudiya klubiga o'tishni xohlaydimi yoki yo'qmi, buni hal qilish uchun bir hafta vaqt beradi.
"Al-Hilol"ning shoshilishi Klublar o'rtasidagi jahon chempionati yaqinlashayotgan paytga to'g'ri keladi va "Manchester Yunayted" hozirda Fernandeshni sotishdan manfaatdor emasligi sababli, saudiyaliklar "Aston Villa"dan Yuri Tilemans variantini ko'rib chiqadi.
Saudiya Arabistoni ligasi "Aston Villa" bilan yaxshi munosabatda bo'lib, avvalroq Birmingem klubidan Mussa Diabini "Al-Ittihod"ga va Jon Duranni "An-Nasr"ga olib kelgandi.