So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Manchester Siti" futbolchisi: "Husanov bilan do'st bo'lib qoldik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Manchester Siti"ning 19 yoshli braziliyalik himoyachisi Vitor Reys "shaharliklar"ning o'zbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanov bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Husanov men bilan bir vaqtda etib keldi, biz "Manchester Siti"da ikkalamiz ham yangi edik, hamma bilan u qadar yaqin emas edik. Shuning uchun birga qahva ichishga chiqdik, hamma narsani birga qildik.
Ammo til to'sig'i bormi? U ham, men ham ingliz tilida bemalol gapira olmaymiz. Biz imo-ishoralar bilan yashashimiz kerak edi. Husanov ukamdek bo'lib qolgan. Bu erga kelishim bilan biz yaxshi do'st bo'lib qoldik" - dedi Reys City Xtra bilan suhbatda.
Har ikki futbolchi ham 2025 yilning yanvarida "Manchester Siti"ga kelib qo'shilgan. Bu vaqt ichida Husanov klub safida 9ta o'yinda qatnashib, bittadan gol urgan. Reys asosiy jamoa tarkibida uchta o'yinda maydonga tushdi.