So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sport vaziri yirik musobaqalar oldidan tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida yig'ilish o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2

Sport vaziri Adkham Ikramov huzurida mamlakatimiz sportchilarining xorijda o'tkaziluvchi nufuzli kompleks musobaqalarda ishtirokini ta'minlash masalalariga doir yig'ilish o'tkazildi.
Xususan, joriy yil 25 sentyabr – 9 oktabr kunlari Ozarbayjonda bo'lib o'tadigan III MDH o'yinlari va 22-31 oktyabr kunlari Manama shahrida (Bahrayn) bo'lib o'tadigan III yoshlar Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi O'zbekiston sport delegatsiyasini tayyorlash strategiyasi bo'yicha taqdimotlar bilan tanishdi.
Yig'ilishda ushbu musobaqalarda ishtirok etishi kutilayotgan atletlar, sport turlari, terma jamoalarning tayyorgarligi borasida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, sportchilarimizning musobaqalar o'tkaziluvchi manzillarga o'z vaqtida etib borishlari, ularni sifatli ekipirovkalar bilan ta'minlash, atletlar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish kabi masalalar muhokama qilinib, bu borada mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.