So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Son "Manchester Yunayted"ga qarshi Evropa ligasi finali haqida o'z fikrlarini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min Evropa Ligasi finalidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Shporlar" va "qizil iblislar" kelasi chorshanba, 21 may kuni "San-Mames"da kubok uchun bahs olib boradi. Har ikki jamoa uchun bu muvaffaqiyatsiz mavsumni saqlab qolish va Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati.
"Har bir o'yin o'ziga xos va ahamiyatli, ammo bu final - boshqa paydo bo'lmasligi mumkin bo'lgan imkoniyat. Men chindan ham g'alaba qozonishni istayman - menimcha, boshqalardan ko'ra ko'proq. Qanchadan-qancha odamlar bizni zo'r ishtiyoq bilan qo'llab-quvvatlamoqda. Ishonamanki, agar yaxshi tayyorgarlik ko'rsak, o'z maqsadimizga erisha olamiz," - deya Sonning so'zlarini keltiradi jurnalist Deyv Xitner.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" o'zining so'nggi sovrinini 2008 yilda qo'lga kiritgan.