So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Nega Anchelottining "Real"dan iste'foga chiqarilgani hali ham e'lon qilinmayotgani sababi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallaydi, ammo "Real" hozircha bu haqda e'lon qilgani yo'q.
Dushanba kuni Braziliya futbol konfederatsiyasi yaqinda italiyalik murabbiy tayinlanishi haqidagi ma'lumotni rasman tasdiqladi. Jurnalist Migel Anxel Diasning yozishicha, "Real" Anchelottining ketishi haqida o'sha kuni e'lon qilmagan, chunki bu "Barselona"ga qarshi kechgan mag'lubiyat fonida "isterika"ga o'xshab ko'rinishi mumkin edi. Klub "klasiko"dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng darhol afsonaviy murabbiy bilan xayrlashganini ommaga e'lon qilishni nomaqbul deb topdi.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni "Real" "Barselona"ga yutqazib qo'ydi (3:4) va La Ligada chempion bo'lish imkoniyatidan deyarli mahrum bo'ldi.
"Qaymoqranglilar"ning yangi boshqaruvchisi etib Xabi Alonso tayinlanadi.