So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xabi Alonso "Real" chap qanot himoyasini "Barselona" tarbiyalanuvchisi bilan kuchaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

"Bayer" chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo yana "Real"ning transfer maqsadiga aylandi.
Yaqin o'tmishda "qaymoqranglilar" "Barselona" tarbiyalanuvchisiga qiziqish bildirishgan, ammo aniq hech narsa aytilmagan. Jurnalist Matteo Morettoning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, "Real"ning bo'lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso Grimaldoning o'yiniga qoyil qoladi va u bilan Madridda birga ishlashni istaydi. "Qirollik klubi" rahbariyati "Bayer"ning transfer talablarini maqbul deb topsa, 29 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqadi.
Transfermarkt ekspertlari Alexandro Grimaldoning narxini 40 million evroga baholamoqda. Uning "dorishunoslar" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.