UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sane Evropa klubi taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

"Bavariya" vingeri Leroy Sane faoliyatini davom ettirishning boshqa bir variantidan voz kechdi.
Yaqinda nemis futbolchisi Saudiya Arabistonidan kelgan foydali taklifni rad etgani xabar qilingandi. 29 yoshli futbolchiga Evropada ham talab bor, biroq u yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib borishdagi qiyinchiliklarga qaramay, "Bavariya"ni tark etishni istamayapti: jurnalist Loik Tanzining so'zlariga ko'ra, "Marsel" Sanega qiziqish bildirgan, biroq futbolchi frantsuz klubiga javob qaytarmagan.
Leroy Sanening "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Agentini almashtirgach, vinger myunxenliklar oldiga yangi talablarni qo'ydi, shu sabab muzokaralar barbod bo'lish arafasida turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!