So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Skaloni Gvardiola va Mourino haqida o'z fikrlarini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Xosep Gvardiola va Joze Mourino haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Albiseleste" ustozi ispan va portugal o'rtasida tanlov qila olmadi, lekin ikkalasini ham juda hurmat qilishini tan oldi.
"Gvardiola yoki Mourino? Har ikkisi ham. Men ular bilan solishtirganda hech narsa emasman, lekin men ulardan o'rnak olishga harakat qilaman. Pepning "Barselona"si mukammal futbol o'ynadi va ba'zida uning "Bavariya"si va "Manchester Siti" uchun ham xuddi shunday bo'lgan. Mourinoga kelsak, mening murabbiylar shtabimda Valter Samuel bor, u menga u haqida ko'p qiziqarli narsalarni aytib beradi. Men undan yangi narsalarni o'rganishni yaxshi ko'raman", - dedi Skaloni.