UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Roma"ning dekabr oyidan buyon davom etib kelgan A Seriyadagi mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

"Roma" A Seriyada 20 uchrashuvda ilk bor mag'lub bo'ldi.
Klaudio Raneri boshchiligidagi jamoa 36-tur uchrashuvida "Atalanta"ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
Bungacha rimliklar Italiya chempionatida ketma-ket 19 uchrashuvdan beri mag'lubiyatga uchramagan - bu davrda jamoa 14 marta g'alaba qozongan va 5 bor durang o'ynagan. "Roma"ning so'nggi mag'lubiyati 15 dekabr kuni - "Komo" bilan o'yinda (0:2) yuz bergandi.
Mavsum tugashiga 2 tur qolganida "Roma" A Seriya turnir jadvalida 63 ochko jamg'argan holda 6-o'rinda bormoqda – 4-o'rindagi "Yuventus"dan bir ochko kam. Keyingi turda jamoa "Milan" bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!