So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Inter" "Roma" futbolchisini to'liq sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Inter" "Roma"dan ijaraga olingan Polsha terma jamoasi yarim himoyachisi Nikola Zalevskining huquqlarini sotib olmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Futbolchi 2025 yilning fevral oyidan buyon "neradzurrilar" safida ijara asosida to'p surmoqda. Qayd etilishicha, yarim himoyachining o'yini Milan klubi rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirgan; "Inter" bu futbolchini doimiy ravishda o'z jamoasida ko'rmoqchi.
Zalevskining huquqlarini sotib olish narxi 6 million evroni tashkil qiladi. Futbolchi allaqachon klub bilan to'liq shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Yarim himoyachi "Inter" safida 12 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. "Neradzurrilar" 77 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va 31 may kuni Chempionlar Ligasi finalida "PSJ" bilan o'ynaydi.