UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Frantsiya klubi "Tottenxem" futbolchisini to'liq sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

"Marsel" tez orada "Tottenxem"dan ijaraga olingan Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Per-Emil Xyoybergning huquqlarini sotib oladi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Yarim himoyachi "Marsel"ga 2024 yilning iyul oyida kelib qo'shilgan va ijara shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. "Provansliklar" daniyalik futbolchini navbatdagi Chempionlar ligasi uchun o'z tarkibida saqlab qoladi. Qayd etilishicha, Xyoybergning shartnomasida ko'rsatilgan sotib olish optsiyasi allaqachon faollashtirilgan va London klubi bu transferdan 13 million evro ishlab oladi.
Joriy Liga 1 musobaqasi yakunlanishiga bir tur qolganida "Marsel" 62 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!