So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Barselona" va Rafinya shartnomani 2029 yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

Rafinya Dias "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, tomonlar hali ham ba'zi tafsilotlarni, jumladan, sotib olish to'lovi miqdorini ham hal qilishlari kerak, biroq vinger vakillari hech qanday muammo bo'lmaydi, deb ishontirmoqda. Yangi kelishuv 2029 yilgacha amal qiladi.
Braziliyalik futbolchi jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi. Saudiya klublarining jozibali takliflariga qaramay, u har doim "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasini yangilashni birinchi o'ringa qo'ygan. Rafinya 2026 yilgi jahon chempionatiga "Barselona" futbolchisi sifatida kelmoqchi.
Ushbu mavsumda vinger La Ligada 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.