So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Frantsiya Liga 1. Mavsum ramziy jamoasi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

Frantsiya professional futbolchilar milliy uyushmasi (UNFP) tomonidan 2024/2025 yilgi Liga 1 mavsumining ramziy jamoasi e'lon qilindi.
Ushbu ramziy jamoada eng ko'p futbolchi «PSJ» jamoasidan joy olgan. Parijliklardan to'qqiz nafar futbolchi jamoaga kiritilgan. Shuningdek, «Lion» va «Lill» jamoalaridan ham bittadan futbolchi jamoaga kiritildi.
2024/2025 yilgi Liga 1 mavsumining ramziy jamoasi:
Darvozabon: Lyuka Shevale («Lill»).
Himoyachilar: Ashraf Hakimiy, Markinos, Vilyam Pacho, Nunu Mendesh (hammasi — «PSJ»).
Yarim himoyachilar: Joau Nevesh, Vitinya (ikkalasi ham — «PSJ»), Rayan Sherki («Lion»).
Hujumchilar: Usmon Dembele, Bredli Barkola, Dezire Due (hammasi — «PSJ»).
Shuningdek, «PSJ» hujumchisi Usman Dembele Liga 1’ning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Parij klubining yana bir hujumchisi Dezire Due mavsumning eng katta umidi sifatida e'tirof etildi. «Lill» darvozaboni Lyuka Shevale esa eng yaxshi darvozabon deb tan olindi. «PSJ» murabbiyi Luis Enrike eng yaxshi murabbiy deb topildi, xorijdagi eng yaxshi frantsuz futbolchisi sifatida esa «Real»da to'p surayotgan Kilian Mbappe tan olindi.