So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston Kubogi prevyusi. "Paxtakor" - "Nasaf"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

13 may kuni "Paxtakor" O'zbekiston kubogi 3-turida "Nasaf"ga qarshi "Jar" stadionida maydonga tushadi.
Jamoalar O'zbekiston Kubogida jami 18 marta to'qnash kelishgan. Ularning 7tasida "Sherlar" g'alaba qozongan bo'lsa, 5ta bahsda durang qayd etilgan va 6 o'yinda "ajdarlar"ning g'alabasi kuzatilgan.
Toshkentliklar mazkur o'yinlarda 28 to'p kiritgan holda o'z darvozasidan 21 gol olib chiqqan. Kubok pley-off bosqichlarida 8 to'qnashuvning 5tasida "Paxtakor", 3tasida "Nasaf" navbatdagi bosqichga yo'l olgan. Yana uch bahs final o'yinida kuzatilib, ularning ikkitasida "Sherlar", yana birida qarshiliklar g'olib chiqqan.
"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi bahs 13 may, seshanba kuni "Jar" stadionida soat 19:00da boshlanadi.