So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Upamekano "PSJ"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

"Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano "PSJ"ga o'tishi mumkin, deya xabar beradi Kicker.com
Manbaning xabariga ko'ra, "Bavariya" 26 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Muzokaralar bir necha hafta oldin bo'lib o'tgan va bir bosqichda shartnomani uzaytirish shunchaki rasmiyatchilikdek tuyuldi, ammo muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Musiala, Devis va Kimmix olgan ortiqcha maoshlar Upamekano bilan muzokaralarga ta'sir qildi.
Uning shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Ammo agar Upamekano shartnomani uzaytirishni istamasa, nemis klubi keyingi mavsumda uni erkin agent sifatida yo'qotmaslik uchun hozirgi moliyaviy vaziyatdan kelib chiqib, uni qo'yib yuborishiga to'g'ri keladi.
Markaziy himoyachi joriy mavsumda 33 ta o'yinda 2 ta gol urdi.