UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Manchester Yunayted» XXI asrdagi 2 ta shaxsiy antirekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8

"Manchester Yunayted" o'z maydoni — "Old Trafford"da Londonning "Vest Xem Yunayted" jamoasiga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu "qizil iblislar"ning joriy mavsumda Angliya chempionatining oliy divizionidagi 17-mag'lubiyati bo'ldi.
"Squawka" nashri xabar berishicha, "MYu" ilk bor so'nggi 51 yil ichida Angliya chempionatida bir mavsumda 17 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Bundan tashqari, klub APL tarixida ikkinchi bor ketma-ket ettita o'yinda g'alaba qozona olmadi. Bunday holat so'nggi marta 1992 yilda kuzatilgan. Shu tariqa, jamoa XXI asrdagi birdaniga ikki shaxsiy antirekord o'rnatdi.
Eslatib o'tamiz, 36 ta o'yindan so'ng "Manchester Yunayted" APL jadvalida 39 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!