So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Asror Aliqulov: "Raqiblardan cho'chiyotganimiz yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Mash'al" — "Qizilqum" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
— Uchrashuvni yaxshi boshladik. "Qizilqum" jamoasini o'rganib chiqqandik, tarkibida bo'ydor futbolchilar ko'p. Ular va bizdagi hujum imkoniyatlarini chamalab chiqdik. Aytib o'tganimdek, o'yinni yaxshi boshladik, birinchi bo'lib gol urdik. Ikkinchi bo'lim boshida sustkashliklarga yo'l qo'ydik. Himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Oxirigacha kurashdik va gol urdik. Durang ham nazarimda yomon natija emas.
— "Qizilqum"da ishlagansiz, bilamiz. Shundan kelib chiqsa, bu jamoani o'rganish sizga qiyinchilik tug'dirmadimi?
— Bu haqida o'ylamadim. "Qizilqum"ning tarkibi juda kuchli. Men ko'rgan tarkib deyarli o'zgarib ketgan. Raqib yakka kurashlarda ko'proq ustunlikka ega bo'ldi.
— Murtozaev va Mashovich 2 tadan gol urishdi. Qaysi futbolchini kuchliroq deb hisoblaysiz?
— Mening futbolchim kuchli (kuladi). Baquvvat, maydonda agressiv harakat qiladi. Oxirgi o'yinlarda yanada yaxshi o'ynayapti.
— Jamoa tomonidan 9 ta o'yinda 6 ta gol kiritildi. Bu kam emasmi?
— Ko'p gol ham o'tkazib yubordik. Keyin kam gol urayapmiz. Hozir kiyinish xonasida ham aytdim, zich o'ynash hozirgi Superligada talab etilmoqda.