So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Onana "Manchester Yunayted"ni tark etishni istamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, ketish niyatida emas.
"Andre Manchesterda qolishni rejalashtirmoqda va klubni avvalgi darajasiga qaytarish uchun hamma narsani qilmoqchi. U bor e'tiborini faqat "Manchester Yunayted"ga qaratgan, boshqa hech narsaga emas. U o'ziga ishongan odam va shubhalar noto'g'ri ekanini isbotlamoqchi. Andre xato qilganini biladi, lekin odamlarning noto'g'ri fikrda ekanligini isbotlash uning burchi deb hisoblaydi", - deydi darvozabonga yaqin inson.
Oldinroq OAV mankunianliklar Onana o'rniga "Sautgempton" darvozaboni Aaron Ramsdeyl va "Espanol" darvozaboni Joan Garsiyani ko'rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.