UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Portugaliya chempionati. Mavsum o'yinida g'olib aniqlanmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

"Sporting" safarda Portugaliya chempionatining 33-turida "Benfika" bilan durang o'ynadi - 1:1.
Mehmonlar safida 4-daqiqada Viktor Dyokereshning uzatmasidan keyin Fransishku Trinkan gol urdi. Uchrashuvning 63-daqiqasida mezbonlardan Kerem Akturko'g'lu o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
"Sporting" va "Benfika"ning ochkolari 79 taga etdi. "Sherlar" qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "burgutlar"ni ortda qoldirib, jadvalda peshqadamlik qilmoqda.
So'nggi turda "Sporting" 17 may kuni "Vitoriya Gimaraes"ni qabul qiladi. "Benfika" esa shu kuni "Braga" mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!