UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Taekvondochilarimiz kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatini oltin medal bilan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida start olgan kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatining ilk kuni O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi.
Konstantin Li boshchiligidagi termamizning 37 kg vazn toifasidagi a'zosi Sultonbek Nabiev finalga qadar etib borib, hal qiluvchi bellashuvda serbiyalik David Kukich bilan bahs olib bordi. Quvonchlisi, oltin medal yo'lida kechgan bellashuvda ham Sultonbekning qo'li baland keldi — 2:1 (11:0/3:8/13:5). Sportchimiz turnir doirasida beshta jang o'tkazib, ularning barchasida o'zining ishonchli g'alabalari bilan xursand qildi va yakunda dunyo birinchiligining oltin medaliga ega chiqdi.
Shunday qilib, Sultonbek Nabiev terma jamoamiz hisobiga kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatining ilk kunida oltin medalni taqdim etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!