So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kamoliddin Tojiev: «Fubolchilar kichik ruhiy tushkunlikda edi. Ularni bundan chiqarish ustida ishlash kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8

"Buxoro"ga qarshi o'yindan keyin "Paxtakor" ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Bugun yigitlar barcha ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi va o'z darajalarida futbol o'ynashdi. Bahsdan oldin ular bilan suhbatlashib, barchalari yuqori saviyada o'ynay olishlari haqida gaplashdik. Ular kichik ruhiy tushkunlikda edi. Ularni bundan chiqarish ustida ishlash kerak. Barchalari o'z toifalarida terma jamoalar a'zolari sanaladi. Ular juda yaxshi o'ynay olishadi, faqat o'zlariga ishonchni his qilishlari kerak. Ruhiyat borasida ishlansa, barchasi o'zgaradi. Bu jamoadagi futbolchilarni zo'r o'ynatsa bo'ladi, menmi yoki boshqa murabbiymi, farqi yo'q. Ayni paytda ruhiyatni yaxshilash borasida yigitlar bilan ishlaymiz.