So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
UEFA Vengerning fikriga qo'shilmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7

UEFA Evropa Ligasi g'oliblarini Chempionlar Ligasi yo'llanmasidan mahrum qilishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq, APL finalchilari "Tottenxem" va "Manchester Yunayted"ning muvaffaqiyatsiz mavsumlari fonida Arsen Venger shunday taklif bilan chiqqandi. "Arsenal"ning sobiq murabbiyi hozirda FIFAning futbolni rivojlantirish bo'yicha rahbari lavozimini egallab turibdi.
Shunga qaramay, UEFA hozirgi formatdan mamnun va qoidalarni o'zgartirish niyatida emas. Tashkilotdagilar Vengerning so'zlaridan unchalik ham mamnun emas, deb yozadi The Times.
UEFAdagi manbalarning ta'kidlashicha, Evropa Ligasidagi g'alaba uchun beriladigan mukofot muhim ahamiyatga ega. Ta'kidlanishicha, yangi format doirasida Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi klublar Evropa ligasiga tushib ketmaydi.
Shu tariqa, "Manchester Yunayted" yoki "Tottenxem" APL turnir jadvalida mos ravishda 15 va 16-o'rinlarda borayotgan bo'lsa-da, Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.