So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Prevyu. "Paxtakor" - "Buxoro"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

Superliga 9-turida "Paxtakor" "Buxoro" bilan Toshkentda maydonga tushadi.
Chempionatlar tarixida ushbu jamoalar 60 bor o'zaro bellashgan. 44 bahsda "Paxtakor", 7 bellashuvda "Buxoro" g'alaba qozongan. 9 to'qnashuv durang bilan yakunlangan. Raqib darvozasi 136 bor ishg'ol etilib, buxoroliklar 38 gol urishgan. 16 uchrashuvda "Sherlar" raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. 2005 yil eng yirik natija kuzatilgan. Safarda jamoamiz 8:0 hisobida zafar quchgan.
Toshkentdagi 30 bahsning 27tasida "Paxtakor" ustun kelgan. 2 durang va 1 mag'lubiyat kuzatilgan. Toshkentda "Buxoro" 1996 yilda g'alaba qozongan.
O'zaro o'yinlar to'purari Server Jeparov va Dragan Cheran sanaladi. Ular buxoroliklar darvozasiga 10tadan gol urgan. Igor Shkvirin va Igor Sergeev 8 to'p muallifi bo'lgan. Anvar Solievda 6, Mirjalol Qosimov, Vladimir Kozak va Zayniddin Tojievda 5tadan gol mavjud. Andrey Streltsov va Leonid Koshelev esa 4tadan to'p muallifiga aylangan. Raqibdan Ilhom Qurbonov hisobida 3 gol bor. Gennadiy Sharipov va Bahodir Pardaev har ikki jamoa safida to'p kiritishga erishgan.
"Paxtakor" va "Buxoro" jamoalari o'rtasidagi o'yin 10 may, shanba kuni soat 20:15da "Jar" stadionida boshlanadi.