So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7

O'zbekiston Superligasi 9-turi doirasidagi “Andijon” — “Neftchi” uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tgan bahsda farg'onaliklar g'alaba qozondi.
Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. Bahsning 11-daqiqasida Farruh Sayfiev bellashuvdagi hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limning 60-daqiqasida “Neftchi” o'zining ikkinchi golini kiritdi. Gol muallifi — Jamshid Iskanderov.
Mazkur natija uchrashuv yakuniga qadar o'zgarmadi va Farg'ona klubi 2:0 hisobida g'alaba qozonib, o'z hisobiga 3 ochko qo'shib qo'ydi.
Qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Neftchi” hisobidagi ochkolar soni 15 ballga etdi hamda turnir jadvalida 5-pog'onaga chiqib oldi. “Andijon” esa 9 ochko bilan 12-o'rinni band etgan.
O'zbekiston Superligasi, 9-tur
9 may, juma
“Andijon” — “Neftchi” 0:2
Gollar: 0:1 — Sayfiev (11), 0:2 — Iskanderov (60)