So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Inter" futbolchisining qo'liga tekkan to'p uchun penalti belgilanmadi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Chempionlar Ligasi yarim final javob uchrashuvida “Barselona” va “Inter” o'rtasidagi bahs (tanaffus 0:2, umumiy hisob – 3:3) davomida kataloniyaliklar penalti talab qildi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Pedri raqib jarima maydonida Dani Olmo tomonga pastdan uzatma amalga oshirdi. Italiyalik himoyachi Franchesko Acherbi so'nggi palladagi harakat bilan to'pni to'sdi, ammo to'p uning oyog'idan so'ng qo'liga tekkanday bo'ldi.
Biroq bosh hakam Shimon Marchinyak penalti tayinlamadi. VAR tizimi vaziyatni qayta ko'rib chiqdi va hakam qaroriga qo'shildi.
“Menimcha, to'p uning (Acherbining) o'z oyog'idan so'ng qo'lga tekkan. Bu erda hech qanday qoidabuzarlik yo'q”, — dedi sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales Carrusel efirida.