So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Real" Trent uchun to'lamoqchi bo'lgan summa miqdorini oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Madridning «Real» klubi «Liverpul» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni yakuniga etkazmoqda. Bu haqda As nashri xabar berdi.
Avvalroq 26 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanishi bilan «Liverpul»ni tark etishini rasman e'lon qilgan edi. Manbalarga ko'ra, Aleksandr-Arnoldning «Real» bilan shartnoma imzolashi deyarli aniq. Hozircha shartnomaning muddati borasida kelishuv qolmoqda — 5 yoki 6 yillik bo'lishi mumkin.
Rasmiy e'lon La Liganing mavsum yakunlanishi bilan berilishi kutilmoqda. Biroq agar «Real» chempionlik imkoniyatlarini ilgariroq yo'qotsa, bu jarayon tezlashishi mumkin.
Madrid klubi futbolchini Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok ettirishni rejalashtirmoqda va shu maqsadda «Liverpul»ga ramziy to'lov — taxminan 900 ming evro to'lashga tayyor. Shuningdek, Aleksandr-Arnold «Liverpul»dagi shartnomasining so'nggi haftalari uchun maoshdan voz kechishi mumkin — bu mablag'ni unga «Real» to'lab beradi.
Joriy mavsumda Trent APLda 31 ta o'yinda ishtirok etdi, 3 ta gol va 6 ta golli uzatma bilan faoliyat yuritdi.