So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rafinya Flikning Fatiga munosabati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Braziliyalik hujumchi Rafinya Dias jamoadoshi Ansu Fatining o'yin amaliyoti kamaygani borasida fikr bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, bosh murabbiy Xansi Flik Fatini e'tiborsiz qoldirmayapti.
“Ansu hozir ko'p o'ynamayapti, lekin Flik har doim uning ahvolini so'rab turadi. Ba'zan Flik menga qo'ng'iroq qilib: «Ansu bilan gaplash, u menga kerak emas deb o'ylamasin. Aksincha, men unga ishonaman», deydi. Flik faqat jamoa hozir yaxshi sport formasida deb hisoblaydi, Ansu esa hozircha biroz ortda. Ammo murabbiy unga ishonishda davom etadi”, — deb Rafinyang so'zlarini keltiradi Barca Universal.
22 yoshli Ansu Fati joriy mavsumda barcha turnirlarda 11 ta uchrashuvda ishtirok etgan, biror gol yoki assist qayd etmagan.