So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Cheferin tig'iz taqvim haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2

Aleksandr Cheferin futbolchilar va klublarning taqvim borasidagi shikoyatlari haqida gapirdi.
- Yangi klublar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanish arafasida, unda Evropaning ko'plab jamoalari ishtirok etadi. Bu haqda qanday fikrdasiz?
- Buni aytish qiyin, chunki turnir hali boshlanmagan. Bir tomondan, futbolchilar juda ko'p ish yukidan nolishadi. Boshqa tomondan, ko'proq o'ynashni istaydigan klublar bor, ayniqsa, katta klublar.
Mavsumdan besh hafta o'tib yakunlanadigan turnir futbolchilarning sog'lig'iga ta'sir qiladimi, bilmayman.
- Ko'pchilik murabbiy va futbolchilar taqvimning tig'izligidan nolishadi. Bu haqda qanday fikrdasiz?
- Taqvim tig'iz. Bir tomondan, klublar barqaror bo'lishni xohlashadi va daromad olish uchun ko'proq o'yinlarga muhtoj.
Boshqa tomondan, futbolchilar juda ko'p o'ynashadi va jarohat olishadi.
Ammo agar klublar moliyaviy jihatdan hamma narsani to'lashga qodir bo'lsa, ularga bunchalik ko'p o'yin kerak bo'lmasdi", dedi UEFA prezidenti Aleksander Cheferin.