So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Musiala jarohatdan so'ng qachon maydonga qaytishni xohlayotganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamal Musiala Germaniya chempionatining 28-turida "Augsburg"ga qarshi o'yinda (3:1) chap son orqa mushaklari paylarini yirtib olganidan so'ng, qachon maydonga qaytishni rejalashtirayotgani haqidagi savolga javob berdi.
"Jarohat olgan kunimdan boshlab safga qaytish ustida ishlay boshladim va hozircha hammasi reja bo'yicha ketyapti. Mening bir katta maqsadim bor - klublar o'rtasidagi jahon chempionati. Chunki bu erda klubning obro'si, daromadlari va yangi xalqaro unvoni garovga qo'yilgan. Va biz bu turnirda g'alaba qozonishni istaymiz. Men AQShda maydonga qaytishni xohlayman", - deya Musialaning so'zlarini Bayern & Germany ijtimoiy tarmog'i X (sobiq Twitter)da keltiradi.
Avvalroq OAVda yarim himoyachi olgan jarohati tufayli olti haftagacha maydonga tusha olmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 15 iyunda boshlanadi.