So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
“Lester Siti” van Nistelroy o'rniga nomzodlar qidirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Angliya futboli elitasida qolish uchun so'nggi imkoniyatlarini yo'qotgan Angliyaning “Lester Siti” klubi bosh murabbiy Rud van Nistelroyni iste'foga chiqarmoqchi.
Klub allaqachon uning o'rniga nomzodlar ro'yxatini tayyorlab qo'ygan, deb xabar beradi Sky Sports jurnalisti Rob Dorset.
Qisqa ro'yxatga Li Karsli, Denni Ryol va Rassell Martin kiradi.
Irlandiyalik Li Karsli 2024 yilda Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. U shuningdek, "Birmingem", "Brentford" va "Manchester Siti" klublarida murabbiylar shtabida ishlagan.
Karsli hozirda ishsiz. Denni Ryol - germaniyalik murabbiy, u Chempionshipda "Sheffild Uensdey" jamoasi bilan uchinchi yilni o'tkazmoqda.
Uchinchi nomzod o'tgan yili “Sautgempton” bilan ishlagan shotlandiyalik mutaxassis Rassel Martin. Qayd etilishicha, Nistelroy bilan shartnomaning muddatidan oldin bekor qilinishi jamoaning moliyaviy ahvoliga zarba berishi mumkin.