So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"MYu" bu yozda ham "Barsa" yulduzini o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40

Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko'ra Frenki de Yong yana "Manchester Yunayted" e'tiboriga tushdi. "Old Trafford"da niderlandiyalik futbolchi yarim himoyani kuchaytirish uchun ideal variant ekaniga ishonishmoqda va "Barsa"ni muzokaralar stoliga o'tirishga majbur qiladigan taklif berishga tayyor.
"Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotganiga qaramay, klub futbolchi sotilmasligini aniq aytdi. Darvoqe, zamonaviy futbolda agar rostan ham jiddiy taklif tushsa, hammasi o'zgarishi mumkin, "Yunayted" esa bunga harakat qilib ko'rishga tayyor. Ingliz grandi rahbariyati ishonchi komil: de Yongning transferi yuqori narxga qaramay, sifat jihatidan o'zini oqlashi mumkin.
Qo'shimcha qilamizki, ushbu mavsumda yarim himoyachi "Barselona" safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.