So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Joriy yil o'zbek sporti uchun omadli o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1
Prezident Shavkat Mirziyoev sportchilarimizning yutuqlarini alohida qiziqish va e'tibor bilan kuzatib boryaptilar.
Quvonarlisi, aprel oyida mamlakatimizning sport sohasidagi muvaffaqiyatlari futbol bilangina cheklanib qolmadi.
Xususan, xokkey bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ham xalqaro maydonda ajoyib natija ko'rsatdi. Armanistonda o'tkazilgan jahon chempionatida xokkeychilarimiz o'z divizionida g'olib bo'lib, kelgusi mavsumda uchinchi divizionda qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Bundan oldin, mart oyida Tailandda bo'lib o'tgan 18 yoshgacha bo'lgan xokkeychilar o'rtasidagi jahon chempionatida ham terma jamoamiz g'alaba qozongan edi.
Saudiya Arabistonida o'tkazilgan 18 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi engil atletika bo'yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 12 ta - 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo'lga kiritib, o'z tarixida birinchi marta umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.
Bu yutuqlar, eng avvalo, yigit-qizlarimizning tinimsiz mehnati, yuksak mahorati, mustahkam irodasi va matonati tufaylidir. Bunda sport sohasiga qaratilayotgan e'tibor va tizimli davlat siyosatining ham alohida o'rni borligini ta'kidlash joiz. Mamlakatimizda sport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilandi, yangi maktablar ochilmoqda, sportchilarning professional rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Davlatimiz rahbari xokkeychi va engil atletikachilarimizni yuksak zafarlari bilan tabriklab, ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorlik izhor etadilar.