So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kyuri "Barselona"ni pulni noto'g'ri ishlatishda aybladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

Futbol agenti Andre Kyuri Ispaniyaning “Barselona” klubi transferlari haqida gapirdi.
"Dembele, Koutino va Grizmann klubga taxminan 450 million evroga tushdi. Neymar 222 millionga sotildi. Agar bu uchlikning oylik to'lovlariga e'tibor qaratsangiz, Neymarning maoshini ko'tarish oqilona ish bo'lardi", - deya agentning so'zlarini keltiradi AS nashri.
Kyuri, shuningdek, "Barselona" o'z futbolchilarini sotishdan munosib daromad olishga harakat qilmayotganidan shikoyat qilib, "Atletiko Madrid"ga ketganidan keyin ham kataloniyaliklardan to'lov olgan Suaresni misol qilib keltirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" so'nggi 10 mavsum davomida o'yinchilarni xarid qilish uchun 1,43 milliard evro sarflagan.