So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ruben Diash "Manchester Siti"ning Chempionlar ligasiga yo'l olish imkoniyatlarini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Ruben Diash Chempionlar ligasi yo'llanmalari uchun kurash haqidagi savolga javob berdi.
“Shaharliklar” 33-turdan keyin APL turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi, ammo ulardan pastda joylashgan “Chelsi” va “Aston Villa” bir ochkoga ortda qolmoqda. Seshanba kuni Xosep Gvardiola shogirdlari “villanlar”ga qarshi maydonga tushadi.
"Bizni Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun qiyin kurash kutmoqda - barchasi buni kimga ko'proq xohlashiga bog'liq. Bu oson bo'lmasligini bilamiz, lekin kurashyapmiz. Biz qo'limizdan kelganini qilamiz. "Everton"ga qarshi g'alabadan keyin o'zimizni yaxshi his qilyapmiz", - deydi himoyachi.
"Manchester Siti" - "Aston Villa" uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi.