So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Qahramon futbolchilarimiz tantanali kutib olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

Saudiya Arabistoni maydonlarida o'tgan futbol bo'yicha U17 Osiyo kubogida mardonavor ishtirok etib, chempionlikni qo'lga kiritgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi diyorimizga qaytib keldi.
Tantanali kutib olish marosimi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Sport vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, mamlakat futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, shuningdek, futbolchilarimizning yaqinlari, muxlislar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Rasmiylar yigitlarimizning butun musobaqadagi yorqin o'yinlari, ayniqsa, mezbonlarga qarshi final bahsidagi irodali g'alabalarini alohida e'tirof etib, ularning kelgusi faoliyatida ham mana shunday shijoat va kuch-g'ayrat tiladilar.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi tomonidan terma jamoa a'zolariga yo'llangan tabrigi, musobaqa g'oliblari va uning ishtirokchilarini mukofotlash to'g'risidagi Farmon o'qib eshittirildi.
Shundan so'ng terma jamoa a'zolariga Prezident sovg'asi – avtomashinalar topshirildi. Unga ko'ra, futbolchilarimizga “Cobalt”, bosh murabbiyga esa “Equinox” mashinalarining kalitlari tantanali taqdim etildi.