UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Eldor Shomurodov: "Ummon terma jamoasiga qarshi ham ruhan, ham jismonan tayyorgarlik ko'rmoqdamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3460

O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Eldor Shomurodov BAAda davom etayotgan Osiyo Kubogi musobaqasi va unga tayyorgarlik haqida O'FA Matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi. "Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlik a'lo darajada kechmoqda. Terma jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning kayfiyati yuqori. Xudoga shukr, hamma safda, yaxshi kayfiyatda o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Birinchi o'yinni yaxshi boshlab olish juda muhim. Hozirda bor e'tiborimiz shunga qaratilgan.
Ummon ham oddiy jamoa emas. Umuman, Osiyo Kubogida har bir terma jamoaga jiddiy munosabatda bo'lish kerak. Iordaniya Avstraliyani qanday yutib qo'yganini barcha ko'rdi. Shu sababli raqibni mensimaslik yoki o'yinga jiddiylik bilan tayyorgarlik ko'rmaslik yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Buni juda yaxshi his qilgan holda, Osiyo Kubogidan o'rin olgan birinchi o'yinga ham ruhan, ham jismonan tayyorgarlik ko'rmoqdamiz", - deydi Eldor Shomurodov.
Barcha fikrlar: 1

Mehmon
Birinchi o`yin ko`p narsaga aniqlik kiritadi.MTJ qanday tayyorgarlik ko`rgan,qanaqa sxemalarda o`yniydi.Futbolchilar tanlovida to`g`ri qaror qabul qilinganmi, xammasiga oydinlik kiritadigan o`yin bo`ladi.
7 Yanvar 2019, 17:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!