So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Marat Bikmaev: «Bor kuchimizni ko'rsatishimiz kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12457

Futbol TV kanali muxbirlari BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi boshlanishidan avval O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Marat Bikmaev bilan intervyu uyushtirdi.
- Dastlabki kungi mashg'uloti qay darajada o'tdi?
- Dubayga kelganimizdan so'ng, “Roda Al Bustan” mehmonxonasiga joylashib, biroz dam oldik. Oradan vaqt o'tgach engil mashg'ulot o'tkazdik.
- Guruhimizdagi asosiy raqibimiz Yaponiya terma jamoasi avvalgidek kuchga ega, deb o'ylaysizmi?
- Yaponiya terma jamoasi avvaldan kuchli bo'lgan. Biz ham kuchsiz emasmiz. Barchasini maydonda bilib olasizlar. Omad hamisha kuchlilarga kulib boqadi. Oldindan bir nima deya olmayman. Guruhdagi so'ngi turda Yaponiyaga qarshi bahs olib boramiz.
- Osiyo kubogidan nimalar kutyapsiz?
- Finalga qadar etib borishni istayman. Biz bor kuchimizni ko'rsatishimiz kerak. Osiyo kubogida oson o'yinning o'zi bo'lmaydi. Bizning niyatimiz finalga qadar etib borish.