So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtdoshlarimizni Yangi yil bilan tabriklaydi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22301

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi 2019 yil bilan muborakbod etadi.
Kelasi yil o'zbek futboli uchun har tomonlama omadli va muvaffaqiyatli bo'lsin! Eng avvalo, milliy terma jamoamiz sanoqli kunlardan keyin boshlanadigan Osiyo Kubogi musobaqasida munosib qatnashib, chiroyli o'yinlari va ajoyib g'alabalari bilan O'zbekistondagi millionlab futbol muxlislarini xursand qilsin! Qolaversa, Jahon chempionati saralash bahslari ham biz uchun muvaffaqiyatli o'tib, xalqimizning azaliy orzusi amalga oshsin! Olimpiya terma jamoalarimizga Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada bahslariga yo'llanmani qo'lga kiritish nasib etsin!
Yangi yilda xonadoningizga farovonlik, tinchlik-xotirjamlik, o'zingizga esa sihat-salomatlik, yangi g'alabalar yor bo'lishinm tilab qolamiz!