So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
2018 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12120

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni yakuniga etdi.
So'rovnomada O'zbekistonda va xorijda to'p surayotgan, faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik futbolchi va murabbiylarga ovoz berish so'ralgandi. Yurtimizdagi ommaviy axborot vositalari va muxlislar ushbu ovoz berish jarayonida ishtirok etishdi. Har bir tahririyat bir ovozga ega ekanligi avvaldan belgilab qo'yilgandi. Shuningdek, muxlislar tomonidan yuborilgan ovozlar ham jamlanib, bitta ovoz sifatida qabul qilindi.
Quyida e'tiboringizga kim kimga ovoz bergani va so'rovnoma yakunlarini e'lon qilamiz:
Olamsport.com sayti:
Eng yaxshi futbolchi
1.Odil Ahmedov
2.Otabek Shukurov
3.Eldorbek Suyunov
Eng yaxshi murabbiy
1.Mirjalol Qosimov
2.Andrey Fyodorov
3.Baxtiyor Ashurmatov
Championat.asia sayti:
Eng yaxshi futbolchi
1.Odil Ahmedov
2.Anzur Ismoilov
3.Marat Bikmaev
Eng yaxshi murabbiy
1.Mirjalol Qosimov
2.Andrey Fyodorov
3.Baxtiyor Ashurmatov
“Stadion.uz” sayti
Eng yaxshi futbolchi
1.Ikrom Aliboev
2. Otabek Shukurov
3.Javohir Siddiqov
Eng yaxshi murabbiy
1. Ravshan Haydarov
2. Andrey Fyodorov
3. Ilhom Mo'minjonov
“Asr futboli” gazetasi
Eng yaxshi futbolchi
1.Odil Ahmedov
2.Marat Bikmaev (Lokomotiv);
3.Azizbek Turg'unboev (Navbahor).
Eng yaxshi murabbiy
1.Ravshan Haydarov
2.Andrey Fyodorov
3.Ilhom Mo'minjonov
«Uzreport TV» telekanali
Eng yaxshi futbolchi
1.Odil Ahmedov
2.Otabek Shukurov
3.Ikrom Aliboev
Eng yaxshi murabbiy:
1.Ravshan Haydarov
2.Mirjalol Qosimov
3.Andrey Fyodorov
“Uff.uz” sayti
Eng yaxshi futbolchi
1. Odil Ahmedov
2. Vitaliy Denisov
3. Otabek Shukurov
Eng yaxshi murabbiy
1. Ravshan Haydarov
2. Andrey Fyodorov
3. Mirjalol Qosimov
“Oriat Dono” radiosi
Eng yaxshi futbolchi:
1. Javohir Siddiqov
2. Ikrom Aliboev
3. Jaloliddin Masharipov
Eng yaxshi murabbiy:
1. Ravshan Haydarov
2. Mirjalol Qosimov
3. Ilhom Mo'minjonov
“Futbol Ekspress” gazetasi
Eng yaxshi futbolchi
1. Odil Ahmedov
2. Marat Bikmaev
3. Eldor Shomurodov
Eng yaxshi murabbiy
1. Andrey Fyodorov
2. Mirjalol Qosimov
3. Baxtiyor Ashurmatov
MTRK “Sport” telekanali
Eng yaxshi futbolchi
Odil Ahmedov
Marat Bikmaev
Ikrom Aliboev
Eng yaxshi murabbiy:
Ravshan Haydarov
Mirjalol Qosimov
Andrey Fyodorov
Muxlislar:
Eng yaxshi futbolchi:
1.Odil Ahmedov
2.Marat Bikmaev
3.Javohir Sidiqov
Eng yaxshi murabbiy:
1.Ravshan Haydarov
2.Mirjalol Qosimov
3.Baxtiyor Ashurmatov
So'rovnoma natijalariga ko'ra Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida to'p surayotgan milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etildi. Uni jami 7 marta 1-o'ringa qo'yishgan. Ikkinchi o'rinni “Lokomotiv” a'zosi Marat Bikmaev egallagan bo'lsa, 3-o'rin “Sharja” klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov va “Seul” a'zosiga aylangan Ikrom Aliboevlarga nasib etdi.
Murabbiylardan esa eng ko'p ovozni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiy Ravshan Haydarov egalladi. Haydarovni ham jami 7 marta 1-o'ringa munosib ko'rishgan. Ikkinchi o'rin “Bunyodkor” ustozi Mirjalol Qosimov, 3-o'rin esa “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorovga nasib etdi.