So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Akbar Jo'raev litsenzion musobaqalar yilida yanada yaxshiroq ishtirok etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39407

Og'ir atletikachi Akbar Jo'raev «Milliy sport mukofoti-2018» taqdirlash marosimining «Yil kashfiyoti» yo'nalishida g'olib bo'ldi. Sportchi yil davomida kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi.
«Turkmanistonda og'ir atletika bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida yoshlar o'rtasidagi rekordni yangilab, oltin medalga ega chiqdim. Bu men uchun qo'shaloq g'alabadir. Mehnatimni e'tirof etishganidan juda xursandman. Milliy olimpiya qo'mitasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. «Yil kashfiyoti» yo'nalishida raqobat kuchli edi. G'alaba meni yanada kuchliroq bo'lishga undaydi. Yangi yilda musobaqalarda yanada yaxshiroq ishtirok etaman. Ahir bizni litsenzion musobaqalar kutib turibdi», – dedi Akbar Jo'raev.